Qiyin holatga tushgan ayollarga psixologik, yuridik, tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatamiz.
1998-yildan beri ayollar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida faoliyat yuritamiz.
Qiyin ahvolga tushgan ayollar va ularning oilalariga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish.
Davlat va nodavlat tashkilotlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilamiz.
Xalqaro grantlar asosida ko‘plab loyihalar amalga oshirdik.
«Mehrimiz sizga» ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi, ayollar va ularning oila a’zolariga yordam berishni asosiy maqsadi qilib olgan. Bu markaz qiyin ahvolga tushib qolgan va himoyaga muhtoj fuqarolarga zarur xizmatlari korsatadi.
Markaz, shuningdek, aholining madaniy-ma’rifiy, tibbiy-ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-huquqiy savodxonligini oshirishga, oila institutlarini qo‘llab-quvvatlashga, barkamol avlodni voyaga yetkazishga, ayollar va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirishga, jamiyatda ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga hissa qo‘shishga intiladi.
Mehrimiz Sizga” markazi qiyin holatga tushgan ayollar va ularning oila a’zolariga psixologik, yuridik, tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatishga ixtisoslashgan nodavlat notijorat tashkilotidir Markaz o‘z faoliyatida anonimlik, o’zaro hurmat, qo‘llab-quvvatlash va hamkorlik tamoyillariga amal qiladi.
Markaz mahalliy va xalqaro hamkorliklar orqali tajriba almashadi, ayollar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshiradi va jamiyatda ayollar faolligini oshirishga xizmat qiladi.
“Mehrimiz sizga” markazi ayollar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilib keladi. Bizning sheriklarimiz qatorida davlat idoralari, ta’lim muassasalari, reabilitatsiya markazlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari mavjud.
Mazkur hamkorliklar orqali ayollarni huquqiy, psixologik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, jamiyatda ularning faolligini oshirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.
“Andijon viloyati Mehrimiz sizga ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi” faoliyatida davlat tashkilotlari, nodavlat tashkilotlar hamda turli xalqaro va mahalliy hamkorlar bilan birgalikda ishlaydi.
Ularning doimiy hamkorligi tufayli biz ko‘plab ijtimoiy dasturlarni amalga oshirib, ayollar va oilalarga real yordam bera olyapmiz.

✅ Joriy yilning 29 noyabr kuni Andijon shahridagi «Mexrimiz sizga» markazida «Shvetsiyaning Shvetsiya va Yevropa Ittifoqiga noqonuniy migratsiyaning oldini olish...

«Sog‘lom farzand – millatimiz kelajagi!» mavzusidagi loyiha asosida Andijon viloyati «Mehrimiz sizga» ayollar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazidan...

Andijon viloyati “Mehrimiz sizga” NNTsi Oliy Majlis Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirgan “Soglom farzand – soglom kelajak” loyihasi doirasida, hamda Xalq...

2020 – 2025 йилларда аmalga оshirilgan loyihalar Markazimiz o’z faoliyati davomida quyidagi muhim loyihalarni amalga oshirgan:2020 yil: MOM –юсаид loyihasi...

Joriy yilning 21-avgust kuni Andijon viloyati hokimligi majlislar zalida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda uning shahar, tuman bo’limlari tasarrufida...