Skip to content

Andijon viloyatida «Maslahat kengashlari» faoliyatini kuchaytirishga bag’ishlangan seminar

1 min read

Joriy yilning 21-avgust kuni Andijon viloyati hokimligi majlislar zalida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda uning shahar, tuman bo’limlari tasarrufida tuzilgan «Maslahat kengashlari» faollari uchun o’quv seminari o’tkazildi. «Maslahat kengashlari faoliyatini samaradorligini oshirish masalalari» mavzusidagi o’quv seminarida davlat, biznes va nodavlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar. O’tkazilgan o’quv seminarida Respublika Oila va xotin-qizlar qo’mitasi raisining birinchi o’rinbosari M.A. Nurmatova va viloyat Oila va xotin qizlar boshqarmasining boshlig’i G.M.Ahmedovalarning ma’ruzalari tinglandi.

Ushbu o’quv seminarida Andijon viloyati «Mehrimiz sizga» ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy huquqiy qo’llab quvvatlash markazi direktori H.T.Mirzarahimova tomonidan xotin-qizlar o’rtasidagi turli muammolarni hal etilishida nodavlat tashkilotlarining ishtiroki hamda xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqlari hamda teng imkoniyatlari to’g’risidagi taqdimotini ko’rsatdilar. Shuningdek, tadbirda viloyat, shahar va tuman «Maslahat kengashi» faoliyatini samaradorligini oshirish bo’yicha rahbariyat tomonidan istiqboldagi rejalar va vazifalar belgilab berildi.