Skip to content

Andijon viloyatida noqonuniy migratsiyani oldini olishda mahallalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

1 min read


✅ Joriy yilning 29 noyabr kuni Andijon shahridagi «Mexrimiz sizga» markazida «Shvetsiyaning Shvetsiya va Yevropa Ittifoqiga noqonuniy migratsiyaning oldini olish bo‘yicha BMTning XMTni faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan hissasi» mavzusidagi loyihasi doirasida hamkor tashkilotlarning Ishchi uchrashuvi o‘tkazildi.
☝️ Ushbu tadbirda Xalqaro Migratsiya Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Andijon viloyat hokimligi, viloyat IIB, odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha kichik komissiyasi, Migratsiya agentligini viloyat filiali, shahridagi 3 ta mahallalar fuqarolar yig‘inlari yettiligiga hamda nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
❗️Loyiha doirasida mahallalarda xorijdan qaytgan va potensial migrantlarni biznes tashabbuslarini rivojlantirish va moliyalashtirish maqsadida e’lon qilingan 5 ming AQSH dollaridagi kichik grantlar orqali oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shilmoqda.
👍 Shuningdek, ushbu tadbirda loyiha bajarilayotgan shahridagi 3 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga loyiha doirasida ofis texnika vositalari sovg‘a qilindi.