1998-yilda O‘zbekistonda davlat tomonidan “Oila yili” deb e’lon qilinib, Xotin-qizlar qo‘mitasi qoshida “OILA” ilmiy-amaliy markazlari tashkil etilgan.2002-yilda Andijon viloyatida markaz rahbari tashabbusi bilan “Bo‘ston” nomli nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etilgan.2008-yil 26-fevral kuni esa Andijon viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan “Mehrimiz sizga” markazi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, tashkilot guvohnomasi berilgan.
Markaz rahbari avval Andijon viloyatida tashkil etilgan markazda tibbiyot bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan va etarli tajriba orttirgan. 2002-yilda “Bo‘ston” nomli NNTni tashkil etib, ayollar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida amaliy faoliyat olib borgan.
Markazning asosiy maqsadli guruhi qiyin ahvolga tushib qolgan ayollar va ularning oila a’zolaridan iborat. Biz:
Ayollarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatamiz,Oilaviy muammolarni hal qilishda ko‘maklashamiz,Ayollarni jamiyatda faolligini oshirishga hizmat qilamiz
Markaz o‘tgan yillar davomida mahalliy va xorijiy grantlar asosida ko‘plab loyihalarni amalga oshirgan.
Xalqaro va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qilgan,
O‘nlab mamlakatlardagi tajribalarni o‘quv safarlari orqali o‘rganib kelgan,
Mutaxassislarimiz xalqaro trenerlar va ekspertlar tomonidan tashkil etilgan seminar, trening va tajriba almashuv safarlarida muntazam ishtirok etib kelmoqda.
2025-yilda “UNIVERSITY OF ECONOMICS AND PEDAGOGY@ NOTM” bilan o‘zaro hamkorlik memorandum.
2024-yilda Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika Reabilitatsiya markazi bilan memorandum.
2019-yilda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat kengashi bilan memorandum.
2019-yilda Andijon viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlik kelishuvi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi
Respiblika Tashqi mehnat migratsiya agentligi
Andijon viloyati hokimligi,oila va xotin qiz boshqarmasi
Andijon viloyati sog’likni saqlash boshqarmasi
Andijon viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlikni oshirish boshqarmasi
Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
Andijon viloyati «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining Andijon viloyati hududiy bo‘limi
Andijon viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasi
O‘zbekiston ayollar va qizlar uyushmasi
Respublika «Istiqbolli Avlod» ijtimoiy-axborot markazi
«Tadbirkor ayol» O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi
Farg‘ona viloyati «Mehrjon» ayollar va bolalar markazi
«Tadbirkor ayol» O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining Andijon viloyati bo‘limi
«Hamroh» nodavlat notijorat tashkiloti
«Istiqbolli Avlod» ijtimoiy-axborot markazining Andijon viloyati bo‘limi
«Mehrimiz Sizga» markazi faoliyatining asosiy maqsadi – xotin-qizlar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarga zarur xizmatlarni ko‘rsatish va jamiyatda ularning o‘rni hamda faolligini yuksaltirishdan iborat.
Markaz o‘z oldiga qo‘ygan vazifalar quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston fuqarolariga o‘z qonuniy huquqlari, erkinliklari va burchlarini anglashda ko‘maklashish hamda ijtimoiy-siyosiy ong va madaniyatni oshirish.
Insonning yuksak ma’naviy boyligi, qadriyatlari va madaniyatini targ‘ib qilish orqali oila institutining jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash.
Xotin-qizlar va ularning oila a’zolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, imkoniyatlarini kengaytirish va huquqiy savodxonligini oshirish.
Xotin-qizlarning mamlakat siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida faol ishtirok etishini ta’minlash va ularni davlat dasturlariga jalb qilish.
«Dolzarb aloqa» ishonch telefoni orqali murojaat qiluvchilarga mutaxassislar xizmatini taqdim etish.
Qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarga anonim psixologik, tibbiy, huquqiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish.
Reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish, sog‘lom oilani shakllantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish.
Aholi, ayniqsa yosh oilalarni hukumat qarorlari va islohotlari haqida xabardor qilish.
Ijtimoiy xavfli kasalliklar (OIV/OITS, sil va b.q.) hamda zararli odatlarning oldini olish bo‘yicha dastur va loyihalarda ishtirok etish.
Norasmiy migratsiya asoratlari va odam savdosiga qarshi targ‘ibot ishlari olib borish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish.
Yoshlar va ayollar bandligini ta’minlash uchun biznes treninglar, master klasslar va seminarlar tashkil etish.
Hukumat buyurtmalari, davlat grantlari va turli jamg‘armalar bilan hamkorlik qilib, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish.
Davlat, nodavlat tashkilotlar va OAV bilan ijtimoiy hamkorlikni kuchaytirish.
Amaliy seminar, konferensiya va davra suhbatlarini tashkil etish.
Markaz tasarrufida qonuniy tadbirkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish.