Skip to content

2020 – 2025 йилларда аmalga оshirilgan loyihalar Markazimiz o’z faoliyati davomida quyidagi muhim loyihalarni amalga oshirgan:2020 yil: MOM –юсаид loyihasi – “COVID-19ga javob berish va tiklanish” – 1000 nafar migranto’rtasida sotsiologik so’rov o’tkazildi, 12 ta biznes loyiha ishlab chiqildi2021-yil: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan «Har bir qishloq oila a’zolarini tadbirkorlikka o‘rgatib, kambag‘allikdanchiqarishga ko‘maklashish!» loyihasi – qishloq xo‘jalik ishlarini mexanizatsiyalash orqali ijtimoiyhimoyaga muhtoj qishloq aholini tomorqalari agrotexnik qoidalarga asoslangan holda ekishgatayyorlab berildi va 5 ta issiqxonalar qurib berildi.2021-2022-yillar. Yevrosoyuz loyihasi “COVID-19 pandemiyasining salbiy oqibatlariniyumshatish uchun mehnat migrantlari va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash” – 500 tamigrantlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi, 375 ta psixologik, 250 ta yuridik va 100 ta moddiyyordam ko‘rsatildi.2023-2024-yillar. Xalqaro Migratsiya Tashkiloti va Norvegiya elchixonasi loyihasi “Ayol vamigratsiya” nomli loyihada Andijon viloyati Andijon shahar, Qo‘rg‘ontepa, Baliqchi, Paxtaobod vaIzboskan tumanlarida migratsiyadan qaytgan ayollarga nisbatan salbiy qarashlarni o‘zgartirishbo‘yicha tadbirlar o‘tkazildi va ularning ehtiyojlarini aniqlash bo‘yicha 300 ta anketaliso‘rovnomalar o‘tkazildi.2024-yil avgust-dekabr. Xalqaro Migratsiya Tashkiloti loyihasi “Odam savdosi jabrlanuvchilarigaRespublika reabilitatsiya markazida ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risida aholining xabardorligini oshirish” mavzusidagi loyiha amalga oshirilgan. Unda odam savdosi jabrdiydalariga Respublika reabilitatsiya markazi tomonidan ko‘rsatiladigan kompleks xizmatlar to‘g‘risida fuqarolarning xabardorligini oshirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilgan.

mehrimizsizga
Avgust 23, 2025

Joriy yilning 21-avgust kuni Andijon viloyati hokimligi majlislar zalida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda uning shahar, tuman bo’limlari tasarrufida tuzilgan «Maslahat kengashlari» faollari uchun o’quv seminari o’tkazildi. «Maslahat kengashlari faoliyatini samaradorligini oshirish masalalari» mavzusidagi o’quv seminarida davlat, biznes va nodavlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar. O’tkazilgan o’quv seminarida Respublika Oila va xotin-qizlar qo’mitasi raisining birinchi o’rinbosari M.A. Nurmatova va viloyat Oila va xotin qizlar boshqarmasining boshlig’i G.M.Ahmedovalarning ma’ruzalari tinglandi. Ushbu o’quv seminarida Andijon viloyati «Mehrimiz sizga» ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy huquqiy qo’llab quvvatlash markazi direktori H.T.Mirzarahimova tomonidan xotin-qizlar o’rtasidagi turli muammolarni hal etilishida nodavlat tashkilotlarining ishtiroki hamda xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqlari hamda teng imkoniyatlari to’g’risidagi taqdimotini ko’rsatdilar. Shuningdek, tadbirda viloyat, shahar va tuman «Maslahat kengashi» faoliyatini samaradorligini oshirish bo’yicha rahbariyat tomonidan istiqboldagi rejalar va vazifalar belgilab berildi.

mehrimizsizga
Avgust 23, 2025