“Mehrimiz sizga” markazi qiyin ahvolga tushib qolgan ayollar va ularning oila a’zolariga yordam ko‘rsatishga ixtisoslashgan nodavlat notijorat tashkilotdir. Bizning faoliyatimiz hurmat, ishonch, qo‘llab-quvvatlash va hamkorlik tamoyillariga asoslanadi
Ijtimoiy moslashuv
Og‘ir ahvoldagi ayollarga individual yondashuv asosida yordam ko‘rsatish, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, ishga joylashtirish hamda farzandlarini ta’lim va tarbiya muassasalariga joylashtirish.
Bizning Xizmatlarimiz Huquqiy, Tibbiy va Ijtimoiy Ko‘mak
Yuridik va Tibbiy yordam murojaat etganlarning huquqlarini himoya qilish, hujjatlarni rasmiylashtirish, sudlarga ariza tayyorlash va tegishli organlarga yo‘naltirish. Shu bilan birga, zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar va ularning oila a’zolariga tibbiy xizmatlarda ko‘maklashish, bepul davolanish imkoniyatlarini ta’minlash, sud-tibbiy ekspertizalardan o‘tkazishda yordam berish hamda ayrim loyihalar doirasida jarrohlik va davolanish xarajatlarini qoplash.
Ijtimoiy moslashuv va tamoyillar og‘ir ahvoldagi ayollarga individual yondashuv asosida yordam ko‘rsatish, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, ishga joylashtirish hamda farzandlarini ta’lim muassasalariga joylashtirish. Markaz faoliyati anonimlik va konfidensiallik, hurmat va ishonch, qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro hamkorlik tamoyillari asosida olib boriladi.