Izboskan tumanida yana bir ezgu tashabbus!
Andijon viloyati “Mehrimiz sizga” NNTsi Oliy Majlis Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirgan “Soglom farzand – soglom kelajak” loyihasi doirasida, hamda Xalq deputatlar Izboskan tumani kengashi tashabbusi bilan Izboskan tumani tug‘ruq majmuasiga chala tugilgan chakaloqlar uchun zamonaviy quvez (inkubator) apparati olib kelindi.
🔹 Ushbu qurilma erta tug‘ilgan chaqaloqlarning salomatligini saqlash va ularni to‘liq parvarish qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🔹 Quvez apparati yangi tug‘ilgan bolalarga zarur bo‘lgan optimal harorat, namlik va kislorod muhitini yaratib beradi.
Izboskan tuman tibbiyot birlashmasi jamoasi nomidan Andijon viloyati “Mehrimiz sizga” NNTsi,
Izboskan tuman kengashi va barcha deputatlarga bunday xayrli ish va tashabbuslari uchun chuqur minnatdorchilik bildiradi.



