Skip to content
Bo'limsiz

✅ Joriy yilning 29 noyabr kuni Andijon shahridagi «Mexrimiz sizga» markazida «Shvetsiyaning Shvetsiya va Yevropa Ittifoqiga noqonuniy migratsiyaning oldini olish bo‘yicha BMTning XMTni faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan hissasi» mavzusidagi loyihasi doirasida hamkor tashkilotlarning Ishchi uchrashuvi o‘tkazildi.☝️ Ushbu tadbirda Xalqaro Migratsiya Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Andijon viloyat hokimligi, viloyat IIB, odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha kichik komissiyasi, Migratsiya agentligini viloyat filiali, shahridagi 3 ta mahallalar fuqarolar yig‘inlari yettiligiga hamda nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.❗️Loyiha doirasida mahallalarda xorijdan qaytgan va potensial migrantlarni biznes tashabbuslarini rivojlantirish va moliyalashtirish maqsadida e’lon qilingan 5 ming AQSH dollaridagi kichik grantlar orqali oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shilmoqda.👍 Shuningdek, ushbu tadbirda loyiha bajarilayotgan shahridagi 3 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga loyiha doirasida ofis texnika vositalari sovg‘a qilindi.

mehrimizsizga
Dekabr 5, 2025
Bo'limsiz

«Sog‘lom farzand – millatimiz kelajagi!» mavzusidagi loyiha asosida Andijon viloyati «Mehrimiz sizga» ayollar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazidan Xo‘jaobod tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruqxona bo‘limi uchun narxi 66.500.000 so‘mlik 1 dona “Kyuvez” (yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun inkubator, neonatal stoli) ish jarayonida foydalanish uchun olib kelib topshirildi.

mehrimizsizga
Noyabr 8, 2025
Bo'limsiz

Andijon viloyati “Mehrimiz sizga” NNTsi Oliy Majlis Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirgan “Soglom farzand – soglom kelajak” loyihasi doirasida, hamda Xalq deputatlar Izboskan tumani kengashi tashabbusi bilan Izboskan tumani tug‘ruq majmuasiga chala tugilgan chakaloqlar uchun zamonaviy quvez (inkubator) apparati olib kelindi.🔹 Ushbu qurilma erta tug‘ilgan chaqaloqlarning salomatligini saqlash va ularni to‘liq parvarish qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.🔹 Quvez apparati yangi tug‘ilgan bolalarga zarur bo‘lgan optimal harorat, namlik va kislorod muhitini yaratib beradi.Izboskan tuman tibbiyot birlashmasi jamoasi nomidan Andijon viloyati “Mehrimiz sizga” NNTsi,Izboskan tuman kengashi va barcha deputatlarga bunday xayrli ish va tashabbuslari uchun chuqur minnatdorchilik bildiradi.

mehrimizsizga
Noyabr 8, 2025

2020 – 2025 йилларда аmalga оshirilgan loyihalar Markazimiz o’z faoliyati davomida quyidagi muhim loyihalarni amalga oshirgan:2020 yil: MOM –юсаид loyihasi – “COVID-19ga javob berish va tiklanish” – 1000 nafar migranto’rtasida sotsiologik so’rov o’tkazildi, 12 ta biznes loyiha ishlab chiqildi2021-yil: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan «Har bir qishloq oila a’zolarini tadbirkorlikka o‘rgatib, kambag‘allikdanchiqarishga ko‘maklashish!» loyihasi – qishloq xo‘jalik ishlarini mexanizatsiyalash orqali ijtimoiyhimoyaga muhtoj qishloq aholini tomorqalari agrotexnik qoidalarga asoslangan holda ekishgatayyorlab berildi va 5 ta issiqxonalar qurib berildi.2021-2022-yillar. Yevrosoyuz loyihasi “COVID-19 pandemiyasining salbiy oqibatlariniyumshatish uchun mehnat migrantlari va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash” – 500 tamigrantlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi, 375 ta psixologik, 250 ta yuridik va 100 ta moddiyyordam ko‘rsatildi.2023-2024-yillar. Xalqaro Migratsiya Tashkiloti va Norvegiya elchixonasi loyihasi “Ayol vamigratsiya” nomli loyihada Andijon viloyati Andijon shahar, Qo‘rg‘ontepa, Baliqchi, Paxtaobod vaIzboskan tumanlarida migratsiyadan qaytgan ayollarga nisbatan salbiy qarashlarni o‘zgartirishbo‘yicha tadbirlar o‘tkazildi va ularning ehtiyojlarini aniqlash bo‘yicha 300 ta anketaliso‘rovnomalar o‘tkazildi.2024-yil avgust-dekabr. Xalqaro Migratsiya Tashkiloti loyihasi “Odam savdosi jabrlanuvchilarigaRespublika reabilitatsiya markazida ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risida aholining xabardorligini oshirish” mavzusidagi loyiha amalga oshirilgan. Unda odam savdosi jabrdiydalariga Respublika reabilitatsiya markazi tomonidan ko‘rsatiladigan kompleks xizmatlar to‘g‘risida fuqarolarning xabardorligini oshirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilgan.

mehrimizsizga
Avgust 23, 2025

Joriy yilning 21-avgust kuni Andijon viloyati hokimligi majlislar zalida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda uning shahar, tuman bo’limlari tasarrufida tuzilgan «Maslahat kengashlari» faollari uchun o’quv seminari o’tkazildi. «Maslahat kengashlari faoliyatini samaradorligini oshirish masalalari» mavzusidagi o’quv seminarida davlat, biznes va nodavlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar. O’tkazilgan o’quv seminarida Respublika Oila va xotin-qizlar qo’mitasi raisining birinchi o’rinbosari M.A. Nurmatova va viloyat Oila va xotin qizlar boshqarmasining boshlig’i G.M.Ahmedovalarning ma’ruzalari tinglandi. Ushbu o’quv seminarida Andijon viloyati «Mehrimiz sizga» ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy huquqiy qo’llab quvvatlash markazi direktori H.T.Mirzarahimova tomonidan xotin-qizlar o’rtasidagi turli muammolarni hal etilishida nodavlat tashkilotlarining ishtiroki hamda xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqlari hamda teng imkoniyatlari to’g’risidagi taqdimotini ko’rsatdilar. Shuningdek, tadbirda viloyat, shahar va tuman «Maslahat kengashi» faoliyatini samaradorligini oshirish bo’yicha rahbariyat tomonidan istiqboldagi rejalar va vazifalar belgilab berildi.

mehrimizsizga
Avgust 23, 2025