Skip to content

Markaz tomonidan 2020-2024 yillarda amalga oshirilgan loyihalar

1 min read

2020 – 2025 йилларда аmalga оshirilgan loyihalar
Markazimiz o’z faoliyati davomida quyidagi muhim loyihalarni amalga oshirgan:
2020 yil: MOM –юсаид loyihasi – “COVID-19ga javob berish va tiklanish” – 1000 nafar migrant
o’rtasida sotsiologik so’rov o’tkazildi, 12 ta biznes loyiha ishlab chiqildi
2021-yil: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan
moliyalashtirilgan «Har bir qishloq oila a’zolarini tadbirkorlikka o‘rgatib, kambag‘allikdan
chiqarishga ko‘maklashish!» loyihasi – qishloq xo‘jalik ishlarini mexanizatsiyalash orqali ijtimoiy
himoyaga muhtoj qishloq aholini tomorqalari agrotexnik qoidalarga asoslangan holda ekishga
tayyorlab berildi va 5 ta issiqxonalar qurib berildi.
2021-2022-yillar. Yevrosoyuz loyihasi “COVID-19 pandemiyasining salbiy oqibatlarini
yumshatish uchun mehnat migrantlari va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash” – 500 ta
migrantlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi, 375 ta psixologik, 250 ta yuridik va 100 ta moddiy
yordam ko‘rsatildi.
2023-2024-yillar. Xalqaro Migratsiya Tashkiloti va Norvegiya elchixonasi loyihasi “Ayol va
migratsiya” nomli loyihada Andijon viloyati Andijon shahar, Qo‘rg‘ontepa, Baliqchi, Paxtaobod va
Izboskan tumanlarida migratsiyadan qaytgan ayollarga nisbatan salbiy qarashlarni o‘zgartirish
bo‘yicha tadbirlar o‘tkazildi va ularning ehtiyojlarini aniqlash bo‘yicha 300 ta anketali
so‘rovnomalar o‘tkazildi.
2024-yil avgust-dekabr. Xalqaro Migratsiya Tashkiloti loyihasi “Odam savdosi jabrlanuvchilariga
Respublika reabilitatsiya markazida ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risida aholining xabardorligini
oshirish” mavzusidagi loyiha amalga oshirilgan. Unda odam savdosi jabrdiydalariga Respublika
reabilitatsiya markazi tomonidan ko‘rsatiladigan kompleks xizmatlar to‘g‘risida fuqarolarning
xabardorligini oshirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilgan.