Skip to content

Services.

Ko‘rsatiladigan xizmatlar

“Mehrimiz sizga” markazi qiyin ahvolga tushib qolgan ayollar va ularning oila a’zolariga yordam ko‘rsatishga ixtisoslashgan nodavlat notijorat tashkilotdir. Bizning faoliyatimiz hurmat, ishonch, qo‘llab-quvvatlash va hamkorlik tamoyillariga asoslanadi

Psixologik qo‘llab-quvvatlash

Providing psychological support to women and their family members in stressful situations, helping them overcome difficult emotional experiences, and providing individual counseling.

Yuridik yordam

Murojaat etganlarning huquqlarini himoya qilish, hujjatlarni rasmiylashtirish, ariza tayyorlashda yordam berish va tegishli sud hamda huquqni himoya qiluvchi organlarga yo‘naltirish.

Tibbiy yordam

Zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga tibbiy xizmatlarda ko‘maklashish, tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish, bepul davolanish imkoniyatlarini ta’minlash hamda zarurat bo‘lsa jarrohlik va davolanish xarajatlarini qoplash.

Ijtimoiy moslashuv

Og‘ir ahvoldagi ayollarga individual yondashuv asosida yordam ko‘rsatish, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, ishga joylashtirish hamda farzandlarini ta’lim va tarbiya muassasalariga joylashtirish.

Ko‘rsatiladigan xizmatlar

Psixologik qo‘llab-quvvatlash​

Yuridik yordam​

Tibbiy yordam​

Ijtimoiy moslashuv​

Bizning Xizmatlarimiz Huquqiy, Tibbiy va Ijtimoiy Ko‘mak

Yuridik va Tibbiy yordam murojaat etganlarning huquqlarini himoya qilish, hujjatlarni rasmiylashtirish, sudlarga ariza tayyorlash va tegishli organlarga yo‘naltirish. Shu bilan birga, zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar va ularning oila a’zolariga tibbiy xizmatlarda ko‘maklashish, bepul davolanish imkoniyatlarini ta’minlash, sud-tibbiy ekspertizalardan o‘tkazishda yordam berish hamda ayrim loyihalar doirasida jarrohlik va davolanish xarajatlarini qoplash.

Ijtimoiy moslashuv va tamoyillar og‘ir ahvoldagi ayollarga individual yondashuv asosida yordam ko‘rsatish, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, ishga joylashtirish hamda farzandlarini ta’lim muassasalariga joylashtirish. Markaz faoliyati anonimlik va konfidensiallik, hurmat va ishonch, qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro hamkorlik tamoyillari asosida olib boriladi.